Kishore Kumar Hits

Ozodbek Nazarbekov - Eshigingda lyrics

Artist: Ozodbek Nazarbekov

album: Live


Man nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho'xi parizod, eshigingda.
Ul lolayu rayhonu suman, toza qizil gul,
Ham sarv bukildi, qaddi shamshod eshigingda.
Zulfing sani bu jonima yuz domi bo'ladur,
Jonim qushi sayd o'ldi chun sayyod eshigingda.
Man nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho'xi parizod, eshigingda.
Olam borisi lazzati husningni topibdur,
Giryonu fig'on, nolayu faryod eshigingda.
Man nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho'xi parizod, eshigingda.
Savdoyi muhabbatga tushibman sani izlab,
O'ldirdi g'aming, ko'zlari jallod, eshigingda.
Ashkim to'kubon hajru g'amingda kecha-kunduz,
Vayrona vatan - manzili obod eshigingda.
Man nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho'xi parizod, eshigingda.
Ul husnu jamolingning o'ti Mashrabga tushubdur,
Parvonasifat kuydi, parizod, eshigingda.
Man nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho'xi parizod, eshigingda.
Parizod, eshigingda.
Eshigingda.

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists