Kishore Kumar Hits

Ozodbek Nazarbekov - Kelgin gulim lyrics

Artist: Ozodbek Nazarbekov

album: Live


Kelgin, gulim, erkalagin, bog' bo'layin,
So'zlaringdan shifo topib sog' bo'layin.
Go'zaldursan barcha qoshi kamonlardan,
Jonim, seni asragayman yomonlardan.
Sadoqatda meningdayin oshig'ingni
Topolmassan Andijonu Surxonlardan.
Kelgin, gulim, erkalagin, bog' bo'layin,
So'zlaringdan shifo topib sog' bo'layin.
Jon hovuchlab uzun-uzun kiprigingdan,
Bormoqdaman visolning qil ko'prigidan.
Cho'chimasman jabru jafo, azoblardan,
Qo'rqadurman xaridoring ko'pligidan.
Kelgin, gulim, erkalagin, bog' bo'layin,
So'zlaringdan shifo topib sog' bo'layin.
Qora qoshing qilich bo'lib sabrim kesar,
Oydin yuzing to'lin oyning yuzin to'sar,
Har qarashing qayta-qayta qul yod etgan
Ko'nglim uyin bo'ron kabi kelib buzar.
Kelgin, gulim, erkalagin, bog' bo'layin,
So'zlaringdan shifo topib sog' bo'layin.

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists