Kishore Kumar Hits

Ozodbek Nazarbekov - Onam allasi lyrics

Artist: Ozodbek Nazarbekov

album: Xush keldingiz


(Qo'sh beshikda borim bolam
Qatordagi norim bolam
Qarchig'ayim, sorim bolam
Nomusim ham orim bolam.
Uxla, yulduzim, alla-yo
Orom ol, qo'zim, alla.
Umring xazon bo'lmasin-o
Baxting armon bo'lmasin-o
Qomatlaring tik bo'lsin
Tanlaganing oy bo'lsin.
Uxla, yulduzim, alla-yo
Orom ol, qo'zim, alla.
Uxla, jonim, alla-yo
Orom ol, qo'zim, alla
Orom ol, qo'zim, alla)
Jon ozig'i bo'lar ekan navoda
Qancha kuylar bordur jondan ziyoda
Jon ozig'i bo'lar ekan navoda
Qancha kuylar bordur jondan ziyoda
Lek baridan menga aziz dunyoda
Lek baridan menga aziz dunyoda
Onam allasi, onam allasi, ey onam allasi.
Vujudimda nedur yurar tinglasam
Yuragim boshqacha urar tinglasam
Vujudimda nedur yurar tinglasam
Yuragim boshqacha urar tinglasam
Jon-jonimga titroq solar tinglasam
Jon-jonimga titroq solar tinglasam
Onam allasi, onajonim allasi, onam allasi.
Allasi ko'zda yosh bo'lib qaytsa ham
Goh berilib goho xasta aytsa ham
Allasi ko'zda yosh bo'lib qaytsa ham
Goh berilib goho xasta aytsa ham
Ta'sirli pichirlab asta aytsa ham
Ta'sirli pichirlab asta aytsa ham
Onam allasi, onajonim allasi, onam allasi.
Alla bolam, desa ruhim dam olar
Tanamda charchoqlar zumda yo'qolar
Alla bolam, desa ruhim dam olar
Tanamda charchoqlar zumda yo'qolar
Jarangli, bir umr quloqda qolar
Jarangli, bir umr quloqda qolar
Onam allasi, onam allasi, ey onam allasi.
Sen onamdan menga qolgan zo'r malham
Xotirimdan ketmas, sodiqsan har dam
Sen onamdan menga qolgan zo'r malham
Xotirimdan ketmas, sodiqsan har dam
Dunyoda bor kuyga seni alishmam
Dunyoda bor kuyga seni alishmam
Onam allasi, onam allasi, ey onam allasi.
Jon ozig'i bo'lar ekan navoda
Qancha kuylar bordur jondan ziyoda
Jon ozig'i bo'lar ekan navoda
Qancha kuylar bordur jondan ziyoda
Lek baridan menga aziz dunyoda
Lek baridan menga aziz dunyoda
Onam allasi, onam allasi, onam allasi.
(Uxla, jonim, alla-yo
Orom ol, qo'zim, alla
Orom ol, qo'zim, alla-yo…)

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists