Kishore Kumar Hits

Konsta - Oson lyrics

Artist: Konsta

album: Inson


To'la hamyonlar
Bo'm-bo'sh odamlarda
Qalbda isyonlar
Vijdoni borlarda
Muzlagan qo'llar
Bo'm-bo'sh hamyonlarda
Muzlagan yo'llar
Muzlagan yo'llar
Agarda bo'lganida oson
Har bir odam bo'lardi inson
Agarda bo'lganida arzon
Har bir odamda bo'lardi insof
Agarda bo'lganda oson
Yarim umrim ishda bo'lmasdi hazon
Bo'lmasdi qozon, bo'sh kunlar bo'lmasdi hazon
Orzular turmasdi arzon, tunlari sarson
Hamyonimdagi qog'oz chaqiradi odam
Hamyonimdagiga qarab gapiradi odam
Yuragimdagi ovoz baqiradi doim
Ishonma bu odamlar aldab ishontiradi doim
Hech kimga hakam emasman, o'zimdan boshqa
Hech kimga xo'jayin emasman, so'zimdan boshqa
Meni o'rganmoqchi bo'lsang, ko'zimdan boshla
Dunyo yaxshi bo'lsin desang, o'zingdan boshla
Hech qanday va'da kerak emas, yonimda bo'l
Dunyo qarshi bo'lsa ham men tomonimda bo'l
Nima desa ham qo'yvorma uzatganimda qo'l
Dunyoda hamma narsani yo'qotganimda bo'l
Agarda bo'lganida oson
Har bir odam bo'lardi inson
Agarda bo'lganida arzon
Har bir odamda bo'lardi insof

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists