Kishore Kumar Hits

Konsta - Just be inson lyrics

Artist: Konsta

album: Inson


Bu tun menda uyqu yo'q, kutaman quyoshni
Balki hammasi o'zgaradi, yangidan boshlab
Lekin hozircha osmonni kayfiyati yo'q
Yangiliklarni ham hursand qilish niyati yo'q
Sal uzoqda boshqalarni ham uyqusi yo'q
Ular tomon uchgan raketani tuyg'usi yo'q
Sigaretadagi yozuv "Chekish bu — ziyon!"
Inson uchun inson ancha xavfliroq bo'lsayam
U tomonda boshqa gap, bu tomonda boshqa
Arosatda bitta xalq, qo'mondon boshqa
Yomonlik avjiga chiqdi, bir yomondan boshlab
Shayton mazza qilib, ko'rib yotibdi yonboshlab
Kimdir shunchaki do'konga ketgandi qaytmadi
Odamlar ketti va uydagilariga aytmadi
Vaholanki xech kim bunday ketishni xohlamaydi
Bu ishlarni hech qanaqa sabab oqlamaydi
Balki zo'r bo'lardi, sevgi haqida yozsam
Birgalikda kuylab, dunyo aqldan ozsa
Sal uzoqda nobut qildi, insonni inson
Aytish naqadar oson!
Save my song! Please just be inson
I wanna be at home. Is that still my home?
Save my song! Please just be inson
I wanna be at home. Is that still my home?
Ertaga chiqadi quyosh, eritadi qorni
Boshqacha tasavvur qilgan edik erta bahorni
Kecha orzu-xavasga to'la, bugun bilmas u ertaga bormi?
Shuncha maqsad rejalar bekormi?
Xaroba bo'ldi kecha darsda o'tirgan maktabi
Buzilgan binolar-u shifoxonalari kabi
Issiq to'shagini qoldirib, metroda uxlab
Shu ahvolda noma'lum yana qancha muxlat
Tushuntirib bering, qanday qilib buni oqlash mumkin?
Qanday tinchgina uxlash mumkin?
9-mayda ba'zilar xoxlasak qaytaramiz deydi
Qanday qilib buni xohlash mumkin?
Men bir kichkina odamman, bilganim ham ozgina
Balki hech kimga foyda bermaydi bu yozganim
Har ikki tomondan, har xilcha tushintirganlar
Men uchun haqiqat bu, uyi uchun turganlar
Save my song! Please just be inson
I wanna be at home. Is that still my home?
Save my song! Please just be inson
I wanna be at home. Is that still my home?
Save my song! Please just be inson
I wanna be at home. Is that still my home?
Save my song! Please just be inson
I wanna be at home. Is that still my home?

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists