Kishore Kumar Hits

Konsta - Poyga lyrics

Artist: Konsta

album: Poyga


Poyga, Poyga, Chiqaman deb oyga
Poyga, yetaman deb qo'shni boyga
Kunni tunga ulab, oyni oyga
Bir umr keraksiz, begona poyga
Poyga, Poyga, Chiqaman deb oyga
Poyga, yetaman deb qo'shni boyga
Kunni tunga ulab, oyni oyga
Bir umr keraksiz, begona poyga
Senga yoshlikdan quyilgan, begona standartlar
Sen tanlamagan yo'llar, sen tanlamagan shartlar
Uni bolasini qara, buni bolasini qara deb
Maktabdanoq, o'rgatib qo'yishardilar
Uni moshinasi zo'rroq, uni puli buncha
Umr o'tib ketar begona orzuni quvlaguncha
Boshqalarni xoxishlari uchun, to'laguncha
Nafs, nafs quli bo'b, ko'chada to'la g'uncha
Yarashmasa ham darvoza balandroq bo'sin
Moshina qo'shninikidan qimmatroq bo'sin
Kasbi qiziqmas, univer nufuzliroq bo'sin
Bilimi shartmas, diplomi kuchliroq bo'sin
Orzularing o'zingnikimi?
Boshqalardan ko'chirmadingmi?
Kimlargadir o'xshiman deb
Ichingdagi olovni o'chirmadingmi
Orzularing o'zingnikimi?
Boshqalardan ko'chirmadingmi?
Kimlargadir o'xshiman deb
Ichingdagi olovni o'chirmadingmi
Poyga, Poyga, Chiqaman deb oyga
Poyga, yetaman deb qo'shni boyga
Kunni tunga ulab, oyni oyga
Bir umr keraksiz, begona poyga
Poyga, Poyga, Chiqaman deb oyga
Poyga, yetaman deb qo'shni boyga
Kunni tunga ulab, oyni oyga
Bir umr keraksiz, begona poyga
Begona orzu, begona poyga
Keraksiz yo'llar, keraksiz joyga
Begona kurashda, holdan toygan
Begona hayot, begona poyga
Umrni yarimi, ishxonada
Keyin qolgan yarimi, shifoxonada
O'zing uchun yashashga keganda qomadi
O'zimizni aldab, ming xil bahonada
Белка в колесе, hayot huddi kolizey
Uyga yetolmay qiynalib, huddi oddissey
O'zing uchun yasha, odamlar nima disayam
Keraksiz urushda qahramon bo'magin sen
Hamma yugursa ortidan yugurma birga
Maqsading yo'q, kirgansan yigirma birga
Bazi qo'li gul usta bolla, o'qishga kirgan
Bazila kim bo'lishin bilmay, o'qishni bitirgan
Diplom deb bazan ota-ona aynitar
Diplomsiz bazan qizini bermidi qaynata
Bu odamlar tinmay gap so'z suyaklaring qaynatar
Yasha, o'zing uchun, hozir, ayni damda
Poyga, Poyga, Chiqaman deb oyga
Poyga, yetaman deb qo'shni boyga
Kunni tunga ulab, oyni oyga
Bir umr keraksiz, begona poyga
Poyga, Poyga, Chiqaman deb oyga
Poyga, yetaman deb qo'shni boyga
Kunni tunga ulab, oyni oyga
Bir umr keraksiz, begona poyga
(Begona orzu, begona poyga)
(Keraksiz yo'llar, keraksiz joyga)
(Begona kurashda, holdan toygan)
(Begona hayot, begona poyga)

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists