Kishore Kumar Hits

Konsta - Odamlar Nima deydi?! lyrics

Artist: Konsta

album: Odamlar Nima deydi?!


Odamlar nima desa desin, yashaylik
Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik
Odamlar nima desa desin, tashaylik
Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik
Odamlar nima deydi?
O'zingni bosvol, hammaga o'xsha
Yig'ishtir! Qanaqa muzika? Qanaqa san'at?
Muhimroq hammadan o'qishing
Odamlar nima deydi?
Katta bo'pqoldingku! Qachonga to'y endi?
Qanaqa ish? Karyerangni qo'y endi
Shu yoshdayam endi qanaqa o'yin bu, ey?
Yig'ishtir tepishni koptok!
Qanaqa futbalist? Ishingni top давай!
Qanaqa boks? Qanaqa kurash?
Shunchasi chempion bo'pqoptimi?
Odamlar nima deydi?
Bu yil ham bolasi o'qishdan qoptimi?
Senga shuncha umrimni yo'qotib
Natijasiga men shuni topdimmi?
Odamlar nima deydi?
Indama, gapirma, ko'tarma boshni
Qattan bo'sayam topish kere to'yga
Nima deydi qo'ni-qo'shni? Zo'r qil oshni!
Odamlar nima deydi?
Tengdoshmi? Kelin qimiman sinfdoshni!
Odamlar nima deydi?
Qilma ko'z yoshlar, qizim joyingda qolgin toshday
Indama, gapirma urushsa, ichishsa, o'tib ketadi
Hali sevadi, vaqt o'tadi
Farzand bo'gandan keyin o'zgaradi
Qaytib kema qizim, gap so'zla keremas
Nima deysan endi? Hayot shundayda
Joninga qasd?
Nima qiganing bu?
Odamlar nima deydi?
Odamlar nima desa desin, yashaylik
Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik
Odamlar nima desa desin, tashaylik
Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik
Odamlar nima desa desin, yashaylik
Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik
Odamlar nima desa desin, tashaylik
Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik
Ha!
Odamlar nima degan edi?
Yaqinla xuddi begonadey
Ishing bu o'yin, jiddiy emassan
Qo'llab-quvvatlagan kam edi
Odamlar nima degan edi?
Axir, ular biladigan edi
Sen o'zin yo'lingni izlab qiynalasan
Battar qiladi yanada, a
Lekin menga farqi yo'q
Biz tomonda ham chiqar quyosh
Ko'rsatmasdan ko'zlarda yosh
Yiqilsang tepadiganlar tayyor
Har kuni top mativatsiya tur
Yomg'ir ostida taksi tut
Metro, institut, stipendiya kut
Hammasi bo'ladi good!
Yurakda bo'lsa orzu
Barcha gap-so'zlar ortda qolar
Unga yetganda bir zum
O'zgaradi mavzu, erishganda
O'shanda odamlar nima degan edi?
Endi muhimmas u
Endi muhimmas u
Odamlar nima deydi?
Hayotingni ulardan uzoqda qur
Odamlar nima deydi?
Ko'p o'ylasang, demak bo'ladi haq u!
Odamlar nima deydi?
Deb o'ylasang yashamaganing ma'qul
Odamlar hardoim nimadir deydi!
Sen bu gaplarga bo'lma qul!
Odamlar nima desa desin, yashaylik
Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik
Odamlar nima desa desin, tashaylik
Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik
Odamlar nima desa desin, yashaylik
Chin dildan kulib, samimiy gaplashaylik
Odamlar nima desa desin, tashaylik
Qo'rqishni, o'ylashni, yashashni boshlaylik

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists