Kishore Kumar Hits

Konsta - Bilmaydi lyrics

Artist: Konsta

album: Bilmaydi


Qanday yashashni bilmaydi hech kim
Birgina pul bilan ko'ngil to'lmaydi
Avval o'zi orzulardan kechgan
Menga ham orzu qilishga qo'ymaydi
O'z yo'lida topolmasdan yechim
Meni yo'limda topaman deb o'ylaydi
O'zlari qanotlaridan kechib
Nega menga ham uchishga qo'ymaydi?
Yeah, menga yana kimdir yashashni chuntiradi
Shu payt orzularim burchakda jim turadi
Nega kattalar mensiz kelajagim ko'radi
Men o'zim nimani xohlashimni kim so'radi?
Xa, buni hammasi menga yaxshiroq bo'lsin deb
Men uchun hal qilasiz hammasini har doim
Lekin bir marta siz so'radingizmi o'zimdan
Balki orzularimda bordir borar joyim?
Nega meni texnikaga qiziqishim yomon
Axir, men har doim ko'rsam o'ynab o'tirganizni?
Nega menga kitob o'qi deysiz lekin hamon
Shu kungacha bir bor ko'rmadim-ku o'qiganizni?
Qanday yashashni bilmaydi hech kim
Birgina pul bilan ko'ngil to'lmaydi
Avval o'zi orzulardan kechgan
Menga ham orzu qilishga qo'ymaydi
O'z yo'lida topolmasdan yechim
Meni yo'limda topaman deb o'ylaydi
O'zlari qanotlaridan kechib
Nega menga ham uchishga qo'ymaydi?
Ohh, sho'r peshonam yaltiridi quyoshda (quyoshda)
Kim ham o'zini topdiykin 16 yoshda?
Men ham nimadir topdim vaqtimni yo'qotganimda
Bugun hayotimni mazmuni o'sha topganimda
Shuncha kasb va hunar, shuncha yo'l va ular
Bir-biridan farq qilar, nega ular hal qilar?
So'ramay nima yoqar senga, borib kelsang bo'ldi darsingga
Ketadi singib, shunday nechta umidlar singan, ohh
Nega hamma narsada maqsadlarimiz borib
Yana taqalar pulga, tayinli pensiyaga
A ungacha, yoqmagan ishda
Hech kimni yoqtirmasdan kun kechir-a
Tushunaman, men uchun xavotirdasiz
To'g'ri har nimani xohluradi bizda qalb
Unutmang ustoz o'rnida hayotimdasiz
Nari borsa biz ham bo'lamizda sizdaqa
Qanday yashashni bilmaydi hech kim
Birgina pul bilan ko'ngil to'lmaydi
Avval o'zi orzulardan kechgan
Menga ham orzu qilishga qo'ymaydi
O'z yo'lida topolmasdan yechim
Meni yo'limda topaman deb o'ylaydi
O'zlari qanotlaridan kechib
Nega menga ham uchishga qo'ymaydi?
(Qanday yashashni bilmaydi hech kim)
(Birgina pul bilan ko'ngil to'lmaydi)
(Avval o'zi orzulardan kechgan)
(Menga ham orzu qilishga qo'ymaydi)
(O'z yo'lida topolmasdan yechim)
(Meni yo'limda topaman deb o'ylaydi)
(O'zlari qanotlaridan kechib)
(Nega menga ham uchishga qo'ymaydi?)

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists