Kishore Kumar Hits

Konsta - Yolg'izlik lyrics

Artist: Konsta

album: Yolg'izlik

Sen yolg'izmassan, men yolg'izmasman
Baxtimiz har xil, dardimiz bir xil
Yolg'izliging bilan sen yolg'izmassan
Bor ekan shu kunlar, bo'larkan har xil holat
O'z yolg'izligi bilan pastda hamma birga bir qolar
Har safar yonimda, sanoqli yaqinlar qolar
Ba'zan ko'zlarim to'rt bo'lib, eshiklar taqillab qolar
Doim bir xil qopqonlarga tushdim, bir xil xatolar
O'z yolg'izligi bilan pastda Hamma, birga bir qolar

Menga ham tanish tushkunlik, yolg'izlik bir necha kunlik
Depressiya qilar ustunlik, ba'zan, xayolga kelar yakunlash (tavba)
Ba'zan chekvording keladi, ketvorging keladi
Telefon jimligi miyani teshadi, ba'zan uni otvorging keladi
Buni hech kim bilan bo'lisholmisan
Hech kim bilan ko'risha olmisan (yo'q)
Tinchgina yasholmisan (yo'q)
Hech kimga ishonmisan
Bir do'stim yo'qdek xuddi
Yomonmanmi shuncha?
Degan savol qiynidi
Tushkunlikdan o'tguncha
Yolg'iz qolasan xuddi, har tomon hamma tarqaladi
Ichkilik va giyohvandlik narsalar battar qiladi
Faqat sen va boshingda o'sha, savollar qoladi
Birga bir! Men bilan yolg'izligim (Hammasi shetta hal bo'ladi)
Har safar yonimda, sanoqli yaqinlar qolar
Ba'zan ko'zlarim to'rt bo'lib, eshiklar taqillab qolar
Doim bir xil qopqonlarga tushdim, bir xil xatolar
O'z yolg'izligi bilan pastda Hamma, birga bir qolar
Sen yolg'izmassan, men yolg'izmasman
Baxtimiz har xil, dardimiz bir xil
Yolg'izliging bilan sen yolg'izmassan
Bor ekan shu kunlar, bo'larkan har xil holat
O'z yolg'izligi bilan pastda hamma birga bir qolar
Topomisan dardingga sherik
Har doim ham u kerak emas
Har doim ham u sherik emas
Yoki bo'lsa ham senikimas
Terilgan ragam mavjud emas
Hech kimdan hech narsani kutma
Do'stlar ham hamma mavzudamas
Ular ham ba'zan hamma narsani chunmas
Hammani o'zini ichida faqat o'zi bilgan urushi bor
Yolg'izlik judayam katta narsa, unda hammani ulushi bor
To'g'ri osonmas chidash bunga
Sabr kosani bir kuni, to'lishi bor
Lekin dardni bilgan qalblar kun kelib
Hammadan chiroyli kulishi bor
Sen yolg'izmassan
Men yolg'izmasman
Sirdoshmiz bir umrga
Bu dardni yengamiz birga
Tashqarisi bu sen ko'rgan
Ichkari senikidek, bardak
Men bilan birga o'rgan
Sen bilan bir xil dardim
Har safar yonimda, sanoqli yaqinlar qolar
Ba'zan ko'zlarim to'rt bo'lib, eshiklar taqillab qolar
Doim bir xil qopqonlarga tushdim, bir xil xatolar
O'z yolg'izligi bilan pastda Hamma, birga bir qolar
Sen yolg'izmassan, men yolg'izmasman
Baxtimiz har xil, dardimiz bir xil
Yolg'izliging bilan sen yolg'izmassan
Bor ekan shu kunlar, bo'larkan har xil holat
O'z yolg'izligi bilan pastda hamma birga bir qolar
(Sen yolg'izmassan, men yolg'izmasman)
(Baxtimiz har xil, dardimiz bir xil)
(Yolg'izliging bilan sen yolg'izmassan)
(Bor ekan shu kunlar, bo'larkan har xil holat)
(O'z yolg'izligi bilan pastda hamma birga bir qolar)

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists