Kishore Kumar Hits

Konsta - O'zingga Ishon lyrics

Artist: Konsta

album: Biz Yo'q Joyda


Yodimda o'sha dam, hammasi boshidan
Shamolga qarshi bo'lsa ham, tashalgan qadam
Kimlar ishongandi, kimlar ishonmagan
Qalbim azobda yonganda, kimlar nishonlagan
Agarda berilganda imkon, tanlardim yana shuni
Qaytatdan his etardim eng birinchi tanishuvni
Kerak bo'lsa ming kun, bu orzular uchun
Ayamasdan bag'ishlardim gaplar bor sizlar uchun
O'zingga ishon, O'zingga ishon
Qorong'u tunda ham ko'rinsin, ko'zingga nishon
Kim qarshi bo'lsa bo'lsin, bitta o'zingga ishon
Yo'lingda qancha to'siq bo'lsada, o'zingga ishon
O'zingga ishon, O'zingga ishon
Qorong'u tunda ham ko'rinsin, ko'zingga nishon
Kim qarshi bo'lsa bo'lsin, bitta o'zingga ishon
Yo'lingda qancha to'siq bo'lsada, o'zingga ishon
Endi ustimda oxirgi mo'da
Endi, endi huddi bosh ro'ldaman bu kinoda
Nima gap? Bu hammadan pastdan boshlagan odam
Rejalashtiraman ishonch bilan ertangi kunni
Qarshi olaman quvonch, bilan yangi kunni
Yozaman senariy mister Hollywood
Shukur deyman oyoq qo'lim bari but, bari but
Ishongandim bo'lishiga qo'shiqlarim boom
Yarim tunni uhlamasdan orzular uchun
O'zingga ishon, O'zingga ishon
Qorong'u tunda ham ko'rinsin, ko'zingga nishon
Kim qarshi bo'lsa bo'lsin, bitta o'zingga ishon
Yo'lingda qancha to'siq bo'lsada, o'zingga ishon
Ishongan odam, erisha oladi hamma narsaga
Orzulari yo'q odamlar qimirlar sekin
Ortda qolar o'rganib qolganlar, oddiy hayot tarziga
Uringanlar, tinmaganlar, erishadi hamma narsaga
Qo'lingdan kemiydigan ish o'zi yo'q
G'alaba shuncha shirin bo'ladi, qancha qiyin bo'lsa yo'l
O'zingga ishon, atrof to'la tanish bo'lsayam
O'zingga ishon, faqat o'zingga suyan
Qo'lingdan kemiydigan ish o'zi yo'q
G'alaba shuncha shirin bo'ladi, qancha qiyin bo'lsa yo'l
O'zingga ishon, atrof to'la tanish bo'lsayam
O'zingga ishon, faqat o'zingga suyan
O'zingga ishon, O'zingga ishon
Qorong'u tunda ham ko'rinsin, ko'zingga nishon
Kim qarshi bo'lsa bo'lsin, bitta o'zingga ishon
Yo'lingda qancha to'siq bo'lsada, o'zingga ishon

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists