Kishore Kumar Hits

Imron - Davo istab lyrics

Artist: Imron

album: Davo istab


Yaqinlashib yanog'ingda
Bir gap aytay qulog'ingga
Ishon yomon kasal bo'ldim
Bugungi lab buyog'ingga
Aylanganman xumoringga
Atirguldey iforingga
Bir iltifot aylasangchi
Men xasta bemoringga
Men xastayu bemoringga
Sen tomonga boradurman
Davo istab
So'zlarimga kuylarimga
Navo istab
Yana oshiq dilimga
Suv havo istab
Sen tomonga boradurman
Davo istab
Ko'zlaringdan kechib bo'lmas
So'zlaringdan kechib bo'lmas
Bu telba bu devonalik
Jumboqlarin yechib bo'lmas
Bilganim shu ishqingda yor
O'zim Majnun o'zim Mashrab
Ko'yib tursamda man takror
Yana asta qadam tashlab
Yana asta qadam tashlab
Sen tomonga boradurman
Davo istab
So'zlarimga kuylarimga
Navo istab
Yana oshiq dilimga
Suv havo istab
Sen tomonga boradurman
Davo istab

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists