Kishore Kumar Hits

Farhod va Shirin - Ne uchun lyrics

Artist: Farhod va Shirin

album: Sevgilim


U nimadir yashil-qizil osadi
U nimadir oyoği yoq kezadi
U nimadir yetti daryo suzadi
Ogoh bolsang - shundan bizga habar ber
U ekindir yashil-qizil osadi
U ilondir qõl-oyoğsiz kezadi
U baliqdir yetti daryo suzadi
Bizdan salom bolsin javobimiz shu
U nimadir qanoti bor qoni yoq
U nimadir yoqasi bor yoni yoq
U nimadir odam yutar joni yoq
Ogoh bolsang - shundan bizga habar ber
Kapalakdir qanoti bor qoni yoq
Gavhar erur yoqasi bor yoni yoq
Qarogirdir odam yutar joni yoq
Bizdan salom bolsin javobimiz shu
U nimadir yemadilar tõydilar
U nimadir qiyomatga qoydilar
U kim edi tavonidan sõydilar
Ogoh bolsang - shundan bizga habar ber
U diydordur yemadilar tõydilar
Ibodatni uluğ kunga qoydilar
Nasibeni tavonidan sõydilar
Bizdan salom bolsin javobimiz shu
U nimadir darvozasiz halqadir
U nimadir derazasiz binodir
U nimadir bir biridan a'lodir
Ogoh bolsang - shundan bizga habar ber
U kongildir darvozasiz halqadir
U qabrdir derazasiz binodir
Oyu-kunlar bir biridan a'lodir
Bizdan salom bolsin javobimiz shu
U kongildir darvozasiz halqadir
U qabrdir derazasiz binodir
Oyu-kunlar bir biridan a'lodir
Bizdan salom bolsin javobimiz shu
Bizdan salom bolsin javobimiz shu

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists