Kishore Kumar Hits

Farhod va Shirin - Ota uy ostonasi lyrics

Artist: Farhod va Shirin

album: Sevgilim


Bo'y yetganda go'zal qalam qoshmi qizlar
Palaxmonlar olib otgan toshmi qizlar
Qadirdonlar ko'zidagi yoshmi qizlar
Derlar bari bo'lib taqdir hayronasi
Hayr endi Ota uyning ostonasi
Hayr endi Ona uyning ostonasi
Hmmm hmm hmmm hmm
Osonmidi bir niholdan gul tuzmoqlik
Atrofida yurib yelib yo'l kezmoqlik
Qanday bo'lar ekan endi dil uzmoqlik
O'tmay qolar hech biror bir bahonasi
Hayr endi Ota uyning ostonasi
Hayr endi Ona uyning ostonasi
Naxot endi boshidan suv o'girmaslar
Ko'ngil uchun ko'nglil so'rab o'tirmaslar
Yuraklarda baxtli bo'lgin degan saslar
Bolalikning erkalikning koshonasi
Hayr endi Ota uyning ostonasi
Hayr endi Ona uyning ostonasi
Qiz bola shu o'zib ketar banbandingdan
Mehmon mehon o'yin qolar farzandingdan
Rozi bo'lgin ey xonadon dilbandingdan
Shu ekanda qiz bolaning peshonasi
Hayir endi Ota uyning ostonasi
Hayir endi Ona uyning ostonasi
Osmonda oy to'lin bo'ldi to'lin bo'ldi
Yor Yor
Qiz bolamiz kelin bo'ldi kelin bo'ldi
Yor Yor
Borgan joyi baxtli bo'lsin baxtli bo'lsin
Yor Yora taxtli bo'lsin
Kelin kuyov baxtli bo'lsin baxtli bo'lsin
Yor yorey baxtli bo'lsin!

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists