Kishore Kumar Hits

Doxxim - Yana uchrashdik lyrics

Artist: Doxxim

album: Yana uchrashdik


Doxxim - Yana Uchrashdik
O'zgarmagansan hamon boqishlaring jilvasi
Maftunkor nigohinga boqib sira to'yolmayapman
Tuyg'ularni o'yg'otadi yuragim zil zilasi
Kim bilan gaplashyabsan deb savol berolmayapman
Ishingdan gapirasan menga berasan savol
Aytasan qachon endi uylanasiz boraman deb
Men esa bildirmiman savolin kelsada malol
Shu sanoqli daqiqadayoq yurakni bitirding yeb
Daftaring bilan quyoshni berkitasan soya qib
Shu qolingdagi daftarga xavas qilib yashayabman
Shu daftar yuzingni turar oftobdan ximoya qib
Men esa odiy qog'oz bo'b yuzingni silolmayabman
Yurak yutib so'rayman kim bilan gaplashyabsan
Mayli alda yolg'on gapir xechgim yoq degin faqat
Topilib qolar deb sekin xazil aralash kulyabsan
Falonchi bilan deb qalbni sindirmading xayriyat
Suratinga termulib o'tdi qara necha yil
Senchi qarshimda turib quvnoqarsan yana
Suratinga ko'z tikib yana o'tar necha yil
To'yimga kelasiz deb yurakni qilding yara. 2x
O'tib ketibdi qara oradan yilar hamma
Qizlar kop lekin ular xech o'rningni bosolmayabdi
Yashayabman o' zi qara hotiralarga qamalib
Sendan boshqa qizcha nega qara sher yozolmayabman
Kechir meni sevgimga qalban sodiqman
Ular bag'rimdagi o'rning egaladilar xolos
Xali xamma siringman sochlaringa men bog'liqman
Seni xalixam sevaman kechir meni iltimos
Bilaman sen qaytmisan qaytishingni so'ramiman
Lekin g'ururni tepkilab qo'laring tutgim kelyabdi
O'zimni baxtli ko'rsatib sog'indim deb nolimiman
Lekin oldingidek ko'chengda kutgim kelyabdi
Ijodim xaqida so'riysan yozyabsizmi hali ham rep
Men esa aytadigan gaplarim tugadi deyman
Sen esa xazil qilasan mavzu qolmadimi deb
Men esa xa sekin jilmayib shunchaki indamiman
Suratinga termulib o'tdi qara necha yil
Senchi qarshimda turib quvnoqarsan yana
Suratinga ko'z tikib yana o'tar necha yil
To'yimga kelasiz deb yurakni qilding yara

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists