Kishore Kumar Hits

Doxxim - Sog`indim Bolalik lyrics

Artist: Doxxim

album: Sog`indim Bolalik


Sog'intiradi maktab katta tanafus va qish
Sog'indim maktab hovlisin qishda muzda sirpanishni
Sog'indim aktivi zal va o'xshamagan chiqishimga
Men yoqtirgan sodda qizcha menga qarsak chalishini
Sog'indim o'qtuvchimni menga bergan dakkilarin
Qumsadim bugun hatto menga qo'ygan ikkilarin
Menga yoqardi oynadan tashlab qochish darsdan
Va bunaqa vaziyat kelsa turmasdik hech ikkilanib
Hammaga qadrdon o'sha filmda makkali kalkin
Adin doma ekranlarda edonazar skuruchxam
Sog'indim o'sha qishni va yangi yil ertagin
Rasm chizish yoqardi qalamdamas ruchkada
Berkinmachoqlar endi o'ynamimiz mahalada
Beg'uborlik endi bizdan sekin sekin yo'qoladi
Eska solar ko'p narsani o'qiganim xar doim
O'sha sariq devni minib, Xudoyberdi To'xtaboyev
Sog'indim bolalik, menga qadrdon o'tmish
Partalardan xam o'chib, ketgan bizni ismlar
Eng qiyin yumush bo'lgan, bizga o'shanda o'qish
Bir birini quvib yana, o'tib borar fasllar
Sog'indim bolalik, menga qadrdon o'tmish
Partalardan xam o'chib, ketgan bizni ismlar
Eng qiyin yumush bo'lgan, bizga o'shanda o'qish
Bir birini quvib yana, o'tib borar fasllar
Alochi emasdi qurbon bezori bo'lgan maktabda
Sevgan fani musiqa lek qalbi edi tosh kabi
Popka ko'tarish yoqmasdi 3ta fanga bitta daftar
Bollaligim tog' ortiga cho'kdi bir quyosh kabi
Sog'indim maktab formam tasviri sanat darsin
Kundalika ikki baxo qo'yilgan varoqni yirtib
Sog'inganman sinfdoshlar bugun xamma xammasin
Xafa qilganmiz qancha qizlar sochidan tortib
Sog'indim berkinmachoqni qorong'u tushkan mahalda
Tun qo'ynida berkinishga joy qidirib yugurishlar
Qadirdon ko'chalar bizga qadirdon mahalla
Maktabga erinib ertalab zo'rg'a turishlar
Ishonardik oldinlari qorboboga chin dildan
Va kelardi qor boboxam maskivichda shira kayf
Mo'ridanmas eshik ochib kirib kelsa ko'chadan
Kimligini tanisakda ishonardik indamay
Sog'indim bolalik, menga qadrdon o'tmish
Partalardan xam o'chib, ketgan bizni ismlar
Eng qiyin yumush bo'lgan, bizga o'shanda o'qish
Bir birini quvib yana, o'tib borar fasllar
Sog'indim bolalik, menga qadrdon o'tmish
Partalardan xam o'chib, ketgan bizni ismlar
Eng qiyin yumush bo'lgan, bizga o'shanda o'qish
Bir birini quvib yana, o'tib borar fasllar
Qo'shiq matni UZ-DC.UZ Tomonidan qayta yozildi

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists