Kishore Kumar Hits

Анора - Ни кому не отдам lyrics

Artist: Анора

album: Я выдумала рай


Derazadan boqar sohibjamol oy
Nigohlari to'la karashma, chiroy
Kechirgin, bo'libman oyga mahliyo-ey
Ishon endi unga qilmayman unga parvo
Oyning sochlarini o'rmayman
Mayli, oyning sochlarini o'rmayman
Men seni oylarga, men seni oylarga
Men seni oylarga bermayman
Men seni oylarga, men seni oylarga
Men seni oylarga bermayman
Suluv kelinchakdek bezanmish bahor
Dalalar ham gulzor, bog'lar ham gulzor
Gullarga boqqandim kulib, ochilib, yor-ey
Yoshlaring keltirar nurday sochilib
Bahor gullarini termayman
Mayli, bahor gullarini termayman
Men seni gullarga, men seni gullarga
Men seni gullarga bermayman
Men seni gullarga, men seni gullarga
Men seni gullarga bermayman

Qancha shirin damdan kechmog'im mumkin
Faqat sen o'ynagin, quvnagin, kulgin
Sen mening taqdirim, oxir-azalim, jon-ey
Sen mening bahorim, oyim, g'azalim
Qalbimsan, men qalbsiz yurmayman
Mayli, qalbimsan, men qalbsiz zinhor yurmayman
Qalbimni hech kimga, qalbimni hech kimga
Qalbimni hech kimga bermayman
Qalbimni hech kimga, qalbimni hech kimga
Qalbimni hech kimga bermayman
Qalbimni hech kimga, qalbimni hech kimga
Qalbimni hech kimga bermayman
Men seni oylarga, men seni gullarga
Men seni hech kimga bermayman

Поcмотреть все песни артиста

Other albums by the artist

Similar artists